Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar

7-Aprel 2025, 10:05
Universitet yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Qarshi davlat universitetida O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamda Qashqadaryo viloyati O‘zmilliybank AJ xodimlari ishtirokida “Kelajakka qadam” dasturlari doirasida bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda “Kelajakka qadam” dasturining mohiyati, xususan, tadbirkorlikni boshlash istagida bo‘lgan bitiruvchilar uchun imtiyozli kreditlar va moliyaviy yordam mexanizmlarini rivojlantirish hamda g'oyadan loyihagacha bo'lgan jarayonda davlat va xususiy sektor bilan hamkorlik imkoniyatlari batafsil tushuntirildi. Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuvda mas’ullar talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berib, dasturdan samarali foydalanish bo‘yicha o'z tavsiyalarini berib o'tishdi.