
Kurash bo‘yicha oliygoh birinchiligi o‘tkazildi
20-Mart 2025, 06:11
Universitet yangiliklari
Qarshi davlat universiteti talabalari o‘rtasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda Navro'z umumxalq bayramiga bag‘ishlab, kurash sport turi bo‘yicha universitet birinchiligi o‘tkazildi. Musobaqada o'g'il bolalar 6 ta, qizlar esa 3 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun gilamga chiqishdi. Dastlab so‘z olganlar mazkur musobaqaning ahamiyati haqida gapirib, ishtirokchilarga omad tilashdi. Keskin kurashlarga boy o‘tgan musobaqa yakunida shohsupaning yuqori pog‘onasini zabt etgan g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar hamda universitet xodimlari va talabalari kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan medal, darajali diplom, esdalik sovg‘alari hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.