
Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!
20-Mart 2025, 06:13
Universitet yangiliklari
Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida "Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!" shiori ostida o‘tkazilgan bayram tadbirlarida Qarshi davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etdi. Xususan, universitet uchun ajratilgan hududda talabalar ansambllarining chiqishlari, milliy liboslar namoyishi, rassomchilik ko‘rgazmalari, hunarmandchilik namunalari, goʻzal xonishlar ardoqli ayyomning o‘ziga xos bezagiga aylandi.