"Lochin" futbol klubi rasman liga aʼzosi boʻldi

7-Aprel 2025, 10:02
Universitet yangiliklari

Joriy yilning 4-aprel kuni OʻzPFL bosh direktori D.Imomxoʻjayev va Qarshi davlat universiteti rektori D.Nabiyev ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muloqotda universitet "Lochin" futbol klubining istiqboli xususida soʻz bordi. Jumladan, Professional futbol liga talablari asosida universitet hududidagi mavjud futbol stadionini rekonstruksiya qilish va zamonaviy, muhtasham baza bunyod etish, klub infratuzilmasini yanada rivojlantirish, klub menedjerlari uchun seminarlar tashkil qilish kabi qator masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida har ikki tomon ham yoʻlga qoʻyilayotgan ushbu samarali hamkorlikdan mamnun ekanliklarini bildirib, "Lochin" futbol klubining Oʻzbekiston Professional futbol ligasiga aʼzolik toʻgʻrisidagi hamkorlik shartnomasini imzolashdi.