
Uch avlod uchrashuvi
7-Aprel 2025, 10:01
Universitet yangiliklari
San’atshunoslik fakultetida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Unda 1980-yillarda Qarshi davlat universitetini (sobiq Qarshi davlat pedagogika instituti) tamomlagan sobiq talabalar, uzoq yillar davomida xalq ta’limi tizimida samarali faoliyat yuritib hozirda nafaqada bo‘lgan nuroniylar ishtirok etdi. Tadbir davomida mehmonlar o‘zlarining hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Yoshlikni qadriga yetish, vaqtdan unumli foydalanishlari lozimligini ta’kidlashdi.