
Milliy qahramonning hayotiy qarashlari
7-Aprel 2025, 09:56
Universitet yangiliklari
San'atshunoslik fakultetida milliy qahramonlar hayotiga bag'ishlangan uchrashuvlar doirasida "Milliy qahramonning hayotiy qarashlari" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir mehmoni sifatida tashrif buyurgan O'zbekiston Respublikasi san'at arbobi Isoq To'rayev yig'ilganlar bilan sermazmun suhbat olib bordi. Aktyor, rejissor, madaniyat xodimi sifatida tanilgan I.To'rayev yoshlarimizga ibrat bo'ladigan hayotiy voqealar bilan o'rtoqlashdi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga qahramonimiz tomonidan she'rlar, hikoyalar, rivoyatlar bilan boyitib berigan javoblar uchrashuv ishtirokchilariga ma'naviy huzur bag'ishladi.