
"Amir Temur vorislari" harbiy-sport spartakiadasi oʻtkazildi
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan universitet talaba-yoshlari oʻrtasida "Amir Temur vorislari" harbiy-sport spartakiadasi oʻtkazildi. Musobaqada qatnashchilar turnikka tortilish va toʻldirma toʻp uloqtirish shartlari boʻyicha bellashdilar.
Natijalarga koʻra quyidagi talabalar gʻolib va sovrindorlar sifatida eʼtirof etildi:
To‘ldirma to‘p uloqtirish
I – o’rin Orol Mirzayorov (Kimyo-biologiya fakulteti);
II – o’rin Nurxon Xolliyev (Tarix fakulteti);
III – o’rin Ahror Himmatov (Sport fakulteti).
Turnikka tortilish
I – o’rin Diyor Maydonov (Filologiya fakulteti);
II – o’rin Nodirbek Niyozmurodov (Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti);
III – o’rin Firdavs Xoliqov (Sport fakulteti).
Gʻolib va sovrindorlar tegishli ravishda besh yuz ming, toʻrt yuz ming va uch yuz ming soʻm miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.