
Aholi salomatligi yo‘lida.
Qarshi davlat universiteti Tibbiyot fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan Muborak tumani Sardoba MFY oilaviy shifokorlik punktida tor soha mutaxassislar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik davom etmoqda. Mahallada istiqomat qilayotgan aholi laborator-instrumental tekshiruvlardan o‘tkazilib, endokrinolog, oftalmolog, nevrapatolog, kardiolog hamda terapevt tomonidan salomatligi bo‘yicha zaruriy tavsiyalar berildi. Ko‘rik davomida aniqlangan statsionar davoga muhtoj bo‘lgan bemorlarga tuman va viloyat tibbiyot markazlariga davolanishga yo‘llanma berildi. Tibbiy ko‘rik o‘tkazishdan asosiy maqsad aholi o‘rtasida kasalliklarni oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berish va aniqlangan kasalliklarning erta bosqichlarida davolash choralarini ko‘rish hisoblanadi.