
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishchi guruhi tashrif buyurdi
7-Aprel 2025, 09:42
Universitet yangiliklari
Joriy yilning 2-aprel kuni Qarshi davlat universitetiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishchi guruhi tashrif buyurdi. Tashrif asnosida ishchi guruh tomonidan “Registrator ofisi”ni tashkil etish bo‘yicha meʼyoriy hujjatlarning mavjudligi, “Registrator ofisi”ni tashkil etish uchun tashkiliy tuzilmaga o‘zgartirish kiritilganligi va uning tasdiqlanganligi, ajratilgan shtat birliklarining talabalar kontingetiga mosligi va nizom talablari asosida malakali xodimlar bilan toʻldirilganligi kabi qator mezonlar bo‘yicha tuzilgan savolnoma asosida universitetning “Registrator ofisi” faoliyati atroflicha o‘rganildi. O‘rganishlar yakunida ishchi guruh tomonidan metodik yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.