“Kitobxon yoshlar” tanlovi hamda “Milliy she’riyat kechasi” tadbiri o‘tkazildi

7-Aprel 2025, 09:40
Universitet yangiliklari

Kitob mutolaasi esa kishida shunday chin insoniy fazilatlarni shakllantirib, uni hayotda oʻz oʻrnini topishga, jamiyatning chinakam aʼzosiga aylanishida, dunyoqarashini kengaytirishda beqiyos ahamiyatga ega. Shu bois Qarshi davlat universitetida talaba-yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari Sh.Aslonova, S.Djumayeva tomonidan 1-7-sonli talabalar turar joylarida “Kitob o'qish marafoni” doirasida “Kitobxon yoshlar” tanlovi hamda “Milliy she’riyat kechasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirlarda kitobxonlik madaniyati, kitob o‘qishning fazilatlari haqida so‘z bordi. Talabalar o‘zlari mutolaa qilgan jahon va o‘zbek adabiyoti asarlari, milliy merosga oid kitoblarni muhokama qildilar. Teran mulohazalar adabiy-badiiy kechalarni yanada jonlantirdi. Faol talabalar rag‘batlantirildi.