Kelajakka qadam markazi bitiruvchilarga imkoniyatlar eshigini ochadi

29-Mart 2025, 11:06
Universitet yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qarshi davlat universitetida “Kelajakka qadam” markazi hududiy bo‘linmasi faoliyat boshladi. Markazda “O‘zmilliybank” AJ Qashqadaryo viloyati bosh boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan tajribali mutaxassislar tomonida bitiruvchi kurs talabalarining biznes loyihalari ko‘rib chiqilib, uni amalga oshirish bo‘yicha maslahatlar, zarur tavsiyalar va amaliy ko'mak berilmoqda. Ma’lumot o‘rnida, viloyatimizdagi OTM bitiruvchi talabalarining "Start up" loyihalari Qarshi davlat universitetidagi “Kelajakka qadam” markazi orqali qo‘llab-quvvatlanadi.