
Faqatgina birga korrupsiyani to’xtata olamiz!
27-Mart 2025, 08:51
Universitet yangiliklari
Xorijiy tillar fakultetida “Faqatgina birga korrupsiyani to’xtata olamiz” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi bosh mutaxassisi Sh.Ahmedov o’z ma’ruzasi bilan qatnashdi. Korrupsiya davlat va jamiyat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavf, eng yomon illatlardan biri bo‘lib, tadbir ma’ruzasida korrupsiyaga qarshi qat’iyat bilan kurashish taraqqiyotimizning muhim omillaridan biri ekanligi ta’kidlandi.