QarDUda “Xon atlas” festivali bo‘lib o‘tdi
29-Sentabr 2023, 07:29
Universitet yangiliklari
Atlas va adras kabi ko‘zni quvnatadigan, yorqin ranglari, takrorlanmas naqshlari bilan kishiga xush kayfiyat bag‘ishlaydigan milliy matolarimizning muxlislari butun dunyoda topiladi.
Bugun Qarshi davlat universitetida nishonlangan “Xon atlas” festivalida bunga yana bir bor guvoh bo‘lindi.
Festival doirasida oliygohda atlas, adras kabi milliy matolardan tikilgan liboslar namoyishi, musiqiy dastur, rang-barang madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.