Maqsadli va kompleks o‘rganish

28-Yanvar 2025, 04:32
Universitet yangiliklari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishchi guruhi Qarshi davlat universitetida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Jumladan, o‘quv jarayonini  raqamlashtirish orqali ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatining natijadorligini oshirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, o‘quv laboratoriyalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, xorijiy ta’lim va tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar ko‘rib chiqildi. O'rganishlar asnosida ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim tashkilotining har bir faoliyat yo‘nalishi tahlil qilinib, ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.