Universitetning “Lochin” voleybol jamoasi oliy ligada ishtirok etishni rejalashtirmoqda

27-Yanvar 2025, 09:18
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetining “Lochin” talaba yigitlar voleybol jamoasi joriy yilda voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida ishtirok etishi borasida dastlabki kelishuvga erishildi. Bu haqda bugun Qarshi davlat universitetiga tashrif buyurgan Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Bekmurod Tojimirzayevich Abdullayev bilan uchrashuvda so‘z bordi. Ayni kunda oliygohning sport faoliyati: voleybol yo‘nalishida 30 nafar talabalar tahsil oladi. Shuningdek, 14 nafar iqtidorli yoshlar “Lochin” voleybol jamoasi tarkibida mashg‘ulot olib bormoqda. B.Abdullayev bilan muloqotda O‘zbekiston voleybol federatsiyasi tomonidan jamoaning yig‘inlarga tayyorgarlik ko‘rishi, murabbiylar malakasini oshirish borasida amaliy ko‘mak berilishi ma’lum qilindi. Barcha jarayonlardan so‘ng “Lochin” jamoasi oliy liga chempionatida ishtirok etishi uchun murojaat bilan chiqishi va shu asnoda ruxsat berilishiga kelishib olindi. Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi hisoblanadi.