Universitet “Qalqoni” – osoyishtalik posboni
Talabalarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilik holatlarini oldini olish maqsadida Qarshi davlat universitetida “Xavfsiz hudud - xavfsiz talaba” tamoyili asosida 20 nafar ko‘ngilli talabalardan iborat “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Oliy ta’lim muassasasi profilaktika inspektori, kapitan M.Jabbarov boshchiligida guruh a’zolari universitet hududida tinchlik, osoyishtalik va tartib-intizomni ta’minlashda munosib hissa qoʻshishmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, hududda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishda faollik ko‘rsatayotgan “Qalqon” guruhi a’zolari talabalar uchun chinakamiga ibrat namunasiga aylanib ulgurdi.