Qiz bola tarbiyasi – jamiyat tarbiyasi
Odob-axloq, hayo-ibo, or-nomus, diyonat kabi boqiy qadriyatlar xalqimiz boy ma’naviyatining ajralmas qismidir. Chunonchi, xalqimiz qiz bolaning ma’naviy yetuk, komil inson bo‘lib o‘sishi uchun alohida ahamiyat beradi. Chunki qiz bola tarbiyasi – jamiyat tarbiyasi, degan gap bejizga aytilmagan. 22-yanvar kuni, Matematika va kompyuter ilmlari fakultetida tashkil etilgan davra suhbatida chin o‘zbek qizlari ega bo‘lishi kerak bo‘lgan xislatlar, odob-axloq, kiyinish madaniyati haqida foydali tavsiyalar berib o‘tildi. Tadbirda universitet xotin-qizlar bilan ishlash va psixologik maslahat markazi boshlig'i Sh.Karamova, profilaktika inspektori D.Ro’ziyeva, fakultet dekani N.Eshqorayeva, Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi dotsenti N.Begmatova, Xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi F.Klicheva va fakultet talaba-qizlari ishtirok etdi.