Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishda muhim vazifalar

23-Yanvar 2025, 06:18
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishda muhim vazifalar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Unda Ijtimoiy va ma’naviy muhitni barqarorlashtirish bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev, universitet profilaktika inspektori M.Jabbarov va "Qalqon" jamoatchilik guruhi aʼzolari qatnashdi.

Tadbirda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, ularni ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni ta’minlashga qaratilgan muhim vazifalar to‘g‘risida so‘z bordi. Shuningdek, "Qalqon" jamoatchilik guruhining oʻtgan yildagi faoliyati sarhisob qilinib, kelgusi rejalar belgilab olindi.