Samarali hamkorlik taraqqiyot garovi
17-Yanvar 2025, 10:40
Universitet yangiliklari
Qarshi davlat universitetida “O‘zbekiston – Shveytsariya adabiy aloqalari” loyihasi doirasida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda universitetga tashrif buyurgan Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi diplomatik bo‘limi rahbari Aleksandr Sherer ta’lim yo‘lidagi samarali hamkorlik xususida o‘z mulohazasini bildirdi.
Shuningdek, “Shveytsariya adabiyoti: fikrlar, talqinlar, tahlillar” mavzusida Toshkentdagi Gyote instituti xodimi, adabiyotshunos va tarjimon, dotsent Hafiza Qo‘chqorova badiiy asarlardan tarjimalar o‘qib eshittirdi. Tadbir jarayonida talabalar tomonidan mavzuga doir berilgan savollarga atroflicha javob berildi.