Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi

22-iyul 2023

O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli «O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to’g’risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O’zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi O’zbekiston Respublikаsi Dаvlаt suverenitetining rаmzidir.

O’zbekiston Respublikаsining Dаvlаt mаdhiyasigа zo‘r ehtirom bilаn qаrаsh O’zbekiston Respublikаsi hаr bir fuqаrosining vаtаnpаrvаrlik burchidir.

Mutal Burhonov musiqasi
Abdulla Oripov so‘zi

Serquyosh, hur oʻlkam, elga baxt, najot,
Sen oʻzing doʻstlarga yoʻldosh, mehribon – mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Naqarot:
Oltin bu vodiylar — jon Oʻzbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bagʻri keng oʻzbekning oʻchmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zoʻr qanot, zoʻr qanot!
Istiqlol mashʼali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu boʻl obod!

Naqarot:
Oltin bu vodiylar — jon Oʻzbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!