Mablag‘lar, moddiy boyliklar va mulkdan foydalanish to‘g‘risida

15 December, 2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–61-son qarorining 4-bandiga asosan Qarshi davlat universiteti tomonidan davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar, xarid qilingan tovarlar va xizmatlar, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda tasarrufdagi mablag‘lar, moddiy boyliklar va mulkdan foydalanish to‘g‘risidagi

M A ’ L U M O T L A R 

- Budjetdan ajratilgan mablag‘lar: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qarshi davlat universiteti o‘rtasida davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida ta’lim olayotgan talabalarni o‘qitishni moliyalashtirish bo‘yicha 2022-moliya yili uchun Bitim imzolangan.

Ushbu Bitimga asosan universitet kadr buyurtmachisi talablari asosida Davlat ta’lim standartlariga muvofiq baklavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida mutaxassis kadrlar tayyorlashga oid ta’lim xizmatlari ko‘rsatish majburiyatini olgan.

Jumladan, kadr buyurtmachisi ya’ni, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ushbu Bitimga asosan belgilangan normativlarga muvofiq hisoblab chiqilgan davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida ta’lim olayotgan talabalarni o‘qitish xarajatlari uchun 2022-moliya yili uchun davlat budjetidan jami 43 045 701,0 (qirq uch milliard qirq besh million yetti yuz bir) ming so‘m mablag‘ ajartilgan. Shundan, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun 3 882 521,7 ming so‘m, stipendiya to‘lovlari uchun 17 964 018,0 ming so‘m, ish haqidan ajratma (ijtimoiy soliq) uchun 499 692,2 ming so‘m, ijtimoiy nafaqalar (uy-joy-kommunal xizmatlar buyicha xar oylik kompensatsiya tulovlari, to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta’minlash xarajatlari hamda boshqa ijtimoiy nafaqalar) uchun 758 309,0 ming so‘m va boshqa turli xarajatlar uchun 19 932 715,0 so‘m mablag‘lar ajratilgan.

Budjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan 2022-yil 1-dekabr xolatiga jami 39 112 039,6 ming so‘m mablag‘ xarajat qilindi.

- Xarid qilingan tovarlar va xizmatlar: 2021-yil 22-aprelda qabul qilingan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-684-son Qonuni talablariga asosan Qarshi davlat universiteti tomonidan tovar va xizmatlar sotib olish uchun tovar xom-ashyo birjasining elektron portali orqali jami 166 464 183,2 ming so‘mlik 722 ta shartnomalar rasmiylashtirildi. Shundan, saqlab turish va joriy ta’mirlash buyicha 94 400,4 ming so‘mlik 11 ta shartnoma, kommunal xizmatlar bo‘yicha 2 071 193,7 ming so‘mlik 13 ta shartnoma, tovar-moddiy zaxiralari sotib olish bo‘yicha 1 786 206,3 ming so‘mlik 165 ta shartnoma, asosiy vositalarni sotib olish bo‘yicha 11 078 170,2 ming so‘mlik 292 ta shartnoma, boshqa joriy xarajatlar bo‘yicha 85 269 070,9 ming so‘mlik 95 ta shartnoma, yangi binolarni qurish bo‘yicha 41 940 217,4 ming so‘mlik 2 ta shartnoma, kapital ta’mirlash xarajatlari bo‘yicha 22 170 895,6 ming so‘mlik 7 ta shartnoma, xizmatlarni sotib olish buyicha 1 554 394,2 ming so‘mlik 101 ta shartnomalar rasmiylashtirilib tovar va xizmatlar xarid qilindi.

- Amalga oshirilayotgan loyihalar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘rsida”gi PQ-307-son qarorining 7-ilovasi bilan tasdiqlangan “2022-2023 yillarda oliy ta’lim muassasalari tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalarni joriy etish loyihalarini amalga oshirish dasturi”ga asosan Qarshi davlat universiteti tomonidan 2022-yilda jami 590,0 mln.so‘mlik quyidagi yangi ishlanma va texnologiyalarni yaratish va joriy etish loyihalari amalga oshirildi: 1. Yuqori samarali “Oltin kuz” preparatini paxtachilikda joriy etish (loyiha qiymati 300,0 mln.so‘m); 2. Mahalliy xomashyodan texnologik oqava suv tarkibini muallaq moddalardan tozalaydigan filtr ishlab chiqarish (loyiha qiymati 100,0 mln.so‘m); 3.”Transformer” stol-stul yasash texnologiyasini joriy etish (loyiha qiymati 40,0 mln.so‘m); 4. Dispersiya yo‘li bilan nanozarra ultra mikroo‘g‘itlar ishlab chiqarish (loyiha qiymati 50,0 mln.so‘m); 5. Kartoshkaning yuqori samarali yangi navlarini yaratish loyiha qiymati 50,0 mln.so‘m); 6. Makkajo‘xorining yuqori samarali yangi navlarini yaratish (loyiha qiymati 50,0 mln.so‘m).

Shuningdek, 2023-yilda quydagi loyhalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan: 1. Qashqadaryo sharoitida fitopatogen kasalliklarga qarshi biopreparatlar yaratish uchun mikroorganizmlar toza kulturasini ajartib olish (loyiha qiymati 30,0 mln.so‘m); 2. Qashqadaryo viloyati hududida tarqalgan iste’molbop, dorivor qo‘ziqorinlar va ularni sun’iy ozuqa muhitlarida yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish (loyiha qiymati 1000,0 mln so‘m).

- Tasarrufdagi mablag‘lardan foydalanish:

1. Budjetdan tashqari to‘lov-kontraktdan tushgan mablag‘lar hisobidan 2022-moliya yilida jami 314 354 445,0 (uch yuz o‘n to‘rt milliard uch yuz ellik to‘rt million to‘rt yuz qirq besh) ming so‘m mablag‘ ishlatilishi rejalashtirilgan bo‘lib shundan, I-guruh xarajatlari ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun 81 507 002,0 ming so‘m, stipendiya to‘lovlari uchun 7 029 004,0 ming so‘m; II-guruh xarajatlari ish haqidan ajratma (ijtimoiy soliq) uchun 9 780 840,0 ming so‘m; III-guruh xarajatlari kapital qo‘yilmalar (yangi qurilish ishlari) uchun 47 023 000,0 ming so‘m; IV-guruh boshqa xarajatlar (kommunal xizmatlar, safar xarajatlari, TMZ va asosiy vositalarni sotib olish, joriy va kapital ta’mirlash ishlari va boshqa xizmatlarni sotib olish xarajatlari, shuningdek, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar bo‘yicha xarajatlar) uchun 169 014 599,0 ming so‘m mablag‘lar ajratilgan.

Budjetdan tashqari to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan 2022-yil 1-dekabr xolatiga jami 226 309 625,9 ming so‘m mablag‘ xarajat qilindi.

2. Budjetdan tashqari qo‘shma ta’lim dasturlari mablag‘lari hisobidan 2022-moliya yilida jami 1 695 080,0 (bir milliard olti yuz to‘qson besh million sakson) ming so‘m mablag‘ ishlatilishi rejalashtirilgan bo‘lib shundan, I-guruh xarajatlari ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun 1 463 429,0 ming so‘m; II-guruh xarajatlari ish haqidan ajratma (ijtimoiy soliq) uchun 175 616,0 ming so‘m; IV-guruh boshqa xarajatlar (kommunal xizmatlar, safar xarajatlari, TMZ va asosiy vositalarni sotib olish hamda boshqa xizmatlarni sotib olish xarajatlari) uchun 56 035,0 ming so‘m mablag‘lar ajratilgan.

Budjetdan tashqari qo‘shma ta’lim dasturlari mablag‘lari hisobidan 2022-yil 1-dekabr xolatiga jami 1 036 802,3 ming so‘m mablag‘ xarajat qilindi.

3. Budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2022-moliya yilida jami 3 815 717,0 (uch milliard sakkiz yuz o‘n besh million yetti yuz o‘n yetti) ming so‘m mablag‘ ishlatilishi rejalashtirilgan bo‘lib shundan, I-guruh xarajatlari ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun 313 747,0 ming so‘m; II-guruh xarajatlari ish haqidan ajratma (ijtimoiy soliq) uchun 37 671,0 ming so‘m; IV-guruh boshqa xarajatlar (kommunal xizmatlar, safar xarajatlari, TMZ va asosiy vositalarni sotib olish hamda boshqa xizmatlarni sotib olish xarajatlari) uchun 3 464 319,0 ming so‘m mablag‘lar ajratilgan.

Budjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2022-yil 1-dekabr xolatiga jami 2 840 739,8 ming so‘m mablag‘ xarajat qilindi.

- Moddiy boyliklar va mulkdan foydalanish:

Budjetdan tashqari to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha hisob raqamidagi bo‘sh turgan moliyaviy aktivlardan samarali foydalanish maqsadida jami 80 000 000,0 (sakson milliard) ming so‘m mablag‘ tovar xom-ashyo birjasining elektron portali orqali shartnomalar rasmiylashtirilib quyidagi tijorat banklariga vaqtincha foydalanish uchun depozitga qo‘yildi:

- Chet el kapitali ishtirokidagi "Invest Finans Bank" aksiyadorlik tijorat bankiga 20 000 000,0 (yigirma milliard) ming so‘m;

- "Kapitalbank" aksiyadorlik tijorat bankiga 30 000 000,0 (o‘ttiz milliard) ming so‘m;

- “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankiga 30 000 000,0 (o‘ttiz milliard) ming so‘m.

 

Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor B.Boysunov

Bosh hisobchi                                              A.Shodiyev

Reja-moliya bo‘limi boshlig‘i                     S.Xolbayev