Bitiruvchi talabalar uchun yakuniy davlat attestatsiya sinovlari o‘tkazilmoqda
Joriy o‘quv yilida Qarshi davlat universitetini 5851 nafar talabalar bitirishi kutilmoqda. Universitet rektorining tegishli buyrug‘iga asosan, 2022-2023 o‘quv yili bitiruvchi kurs talabalarining yakuniy davlat attestatsiya sinovlari (YADAS) 12-24 iyun kunlari bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Bitiruvchi talabalar uchun attestatsiya sinovlari mutaxasslik fanlaridan test, 5 ta ta’lim yo‘nalishiga bitiruv malakaviy ish, ijodiy ish (musiqa ta’limi, tasviriy san’at va muhandislik grafikasi) va magistratura mutaxassisliklari uchun esa magistrlik dissertatsiyasi himoyalari tashkil etilmoqda.
Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari jarayonlarni adolatli, xolis va shaffof tarzda o‘tishini ta’minlash maqsadida attetatsiya sinovlarini diqqat bilan kuzatib borishmoqda.