Qarshi davlat universitetining 12 ta taʼlim dasturi maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi
7-Avgust 2026, 10:21
Universitet yangiliklari
Maxsus davlat akkreditatsiyasi yakunlariga ko‘ra, Qarshi davlat universitetining yangi taʼlim dasturlari talabga muvofiq deb topildi. Baholash jarayonlari 7 nafar mahalliy va 5 nafar xorijiy ekspert ishtirokida amalga oshirildi.
Akkreditatsiyadan o‘tgan taʼlim dasturlari:
Bakalavriat:
Stomatologiya;
Oliy hamshiralik ishi;
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
Buxgalteriya hisobi (masofaviy);
Bank ishi (masofaviy);
Moliya va moliyaviy texnologiyalar (masofaviy);
Biznesni boshqarish (masofaviy);
Psixologiya (masofaviy);
Ijtimoiy ish (masofaviy);
Amaliy matematika (masofaviy).
Magistratura:
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim);
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim).