Qarshi davlat universiteti yangi – 2022/2023 o‘quv yili uchun kafedra dotsenti va katta o‘qituvchisi, o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga yuqori malakali pedagog-xodimlarni ishga taklif etadi
21 July, 2022Qarshi davlat universiteti yangi – 2022/2023 o‘quv yili uchun kafedra dotsenti va katta o‘qituvchisi, o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga yuqori malakali pedagog-xodimlarni ishga taklif etadi
Lingvistika (2), Agrokimyo va ekologiya (3), Geografiya (1), Jahon tarixi (1), Masofaviy ta’lim (2) kafedralari dotsenti lavozimiga;
Iqtisodiyot (1), Mikrobiologiya va ekologiya (1), Noorganik kimyo (1), O‘zbek tilshunosligi (1), O‘zbekiston tarixi (1), Masofaviy ta’lim (2) kafedralari ilmiy darajali katta o‘qituvchisi lavozimiga;
Turizm va marketing (2), Iqtisodiyot (3), Geografiya (1), Agrokimyo va ekologiya (3), Rangtasvir va amaliy san’at (3), Muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalari (1), Umumiy fizika (1), Nazariy va eksperimental fizika (1), Botanika (1), Fiziologiya (2), Mikrobiologiya va ekologiya (1), Organik kimyo (1), Noorganik kimyo (1), O‘zbek tilshunosligi (2), Adabiyotshunoslik (1), Rus tili va adabiyoti (2), Boshlang‘ich ta’lim (3), Psixologiya (1), Amaliy matematika (1), Algebra va geometriya (1), Matematik analiz va differensial tenglamalar (2), Ingliz tili o‘qitish metodikasi va amaliyoti (12), Fakultetlararo ingliz tili (8), Lingvistika (8), Nemis tili va adabiyoti (2), Fakultetlararo nemis tili (3), Fransuz tili va adabiyoti (5), Jahon tarixi (1), O‘zbekiston tarixi (3), Jismoniy madaniyat (1), Masofaviy ta’lim (2) kafedralari o‘qituvchi-stajyor lavozimiga.
Lavozim uchun malakaviy talablar:
1. Oliy ma’lumoti, ilmiy darajasi va ilmiy unvonlari haqidagi diplomlar (diplom ilova) nusxalari;
2. Tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga (dotsent), (professor) shuningdek, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja va unvonlarga ega bo‘lish;
3. Zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim hamda ko‘nikmalar (pedagogik mahorat, jamoa va talabalar bilan ishlay olish)ga ega bo‘lish;
4. Masofaviy ta’lim kafedrasi lavozimlariga talabgorlar:
- davlat tilini, shu jumladan, rus yoki ingliz tillarini mukammal bilish;
- IELTS/TOEFL sertifikatiga egalik (C1).
Tanlovda nomzodlarga ustuvorlik beriladigan alohida jihatlar:
1. Mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasini tamomlagan yoki unda faoliyat yuritganlik;
2. Xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasida malaka oshirgan yoki stajirovka o‘taganlik;
3. Xalqaro loyihalarda rahbar yoki a’zo sifatida ishtirok etganlik;
4. IELTS/TOEFL sertifikatiga egalik (B2, C1, C2);
5. SCOPUS va WEB OF SCIENCE bazalariga kiritilgan nufuzli jurnallarda maqola chop etganlik va “h-index”ga egalik;
Izoh:
2022/2023 o‘quv yili uchun pedagog xodimlarni ishga qabul qilish jarayonining birinchi bosqichida nomzodlarning hujjatlari o‘rganib chiqiladi. Iyul-avgust oylari mehnat ta’tili davri bo‘lganligi sababli ikkinchi bosqich avgust oxirida o‘tkazilib, unda talabgorlar bilan suhbat tashkil etiladi.
Manzil: 180103. Qarshi shahri Ko‘chabog‘ ko‘chasi 17-uy. Telefon: 225-34-13, faks: (0 375) 221-00-56. Elektron pochta: kardu@umail.uz
Eslatma:
1. Ushbu e’lon Qarshi davlat universitetiga yangi ishga qabul qilinayotganlar uchun amal qiladi.