E’lonlar

respublika fan olimpiadasi

14 June, 2022

Bitiruvchi kurs talabalari o‘rtasida“Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha respublika fan olimpiadasi o‘tkaziladi

Olimpiada kimyo, biologiya, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida 2022-yil 20-30-iyun kunlari o‘tkaziladi.

Olimpiada ishtirokchilari olimpiada.edu.uz elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tadi. Ro‘yxatdan o‘tish boshlanishi haqida vazirlikning rasmiy sahifalarida va elektron platformada e’lon beriladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni olimpiadani o‘tkazish sanasidan 2 kun oldin to‘xtatiladi. Olimpiadani  o‘tkazish sanasi va vaqti bo‘yicha jadval asosida olimpiada.edu.uz portaliga ma’lumot joylanadi.

Olimpiada o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi.

Olimpiada 2 turda o‘tkaziladi va 100 ballik tizimda baholanadi:

1-tur. Nazariy qism – 50 ball. Test topshiriqlari soni - 50 ta. Umumiy beriladigan vaqt - 60 daqiqa.

Ishtirokchilar 1-tur bo‘yicha test savollarga 70 % to‘g‘ri javob bersa (50 balldan 35 ball to‘plasa) keyingi 2-tur bosqichiga o‘tkaziladi.

2-tur.Amaliy qism - 50 ball.

Birinchi turdan o‘tgan ishtirokchilar amaliy topshiriqlarni bajaradi. Topshiriqni bajarishga 120 daqiqa vaqt beriladi.

Harbir fan bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi. Olimpiada g‘oliblari har bir fan uchun I, II va III  o‘rinlarga bittadan belgilanadi.

Olimpiada g‘oliblarining oliy ta’lim muassasalari tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura bosqichiga o‘qishga imtiyozli qabul qilinishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga taklif kiritiladi.

Murojaat uchun telefon: +998919619747 Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Nurbek Toshev.


Batafsil:
https://t.me/Yilstartaployihasi/132