E’lonlar

Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarning 2022 yil 17 iyun kuni soat 10:00 va 14:00 da navbatdagi yig‘ilishi

14 June, 2022

Qarshi davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarning 2022 yil 17 iyun kuni soat 10:00 va 14:00 da navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Kun tartibi:

1. Nuriddinov Shohobiddin Babayarovichning 10.00.10. - Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik ixtisosligida filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Komil Xorazmiy devoni manbalari genealogiyasi va matn tanqidi muammosi” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasi (soat 10:00da).

 2. Akramov SHerzod Xalmirzayevichning 10.00.10. - O‘zbek adabiyoti ixtisosligida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Istiqlol davri o‘zbek qissalarida milliy ozodlik kurashchilari obrazi talqini” mavzusidagi dissertatsiyasi muhokamasi (soat 14:00da).

Manzil: Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17. Qarshi davlat universiteti matematika va kompyuter ilmlari fakulteti 205-xona (2-qavat).    

Tel.: (0375) 225-34-14, fax: (0375) 221-00-56, e-mail: kardu@mail.ru