
“Rektor kubogi” sohibi – Sport fakulteti jamoasi!
Ayni kunlarda Qarshi davlat universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Rektor kubogi” musobaqalari o‘tkazilmoqda. Musobaqalarda mini-futbol, voleybol, yengil atletika, stol tennisi va stritbol turlari bo‘yicha bahslar olib borilmoqda. 14-oktyabr kuni mini-futbol yo‘nalishida final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda barcha bosqichlarda g‘alaba qozongan Sport fakulteti jamoasi hamda Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti jamoasi o‘zaro kuch sinashdi. Shiddatli va murosasiz kechgan finalda Sport fakulteti jamoasi raqibini 5:1 hisobida mag‘lub etib, “Rektor kubogi”ni qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda Fizika fakulteti va Tibbiyot fakulteti jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv asosiy vaqtda 3:3 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida Tibbiyot fakulteti jamoasi g‘alaba qozonib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Musobaqalarning qolgan sport turlari bo‘yicha bellashuvlar esa hozirda qizg‘in tarzda davom etmoqda. G‘olib jamoalar 500 ming so‘mdan 3,5 million so‘mgacha bo‘lgan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.