2025-2026 o‘quv yili uchun qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul

23-Iyul 2025

Qarshi davlat universiteti Rossiya Federatsiyasining N.A. Dobrolyubov nomidagi Nijegorod  davlat lingvistika universiteti, Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti hamda Belarus Respublikasining  Minsk davlat lingvistika universiteti, Belarus milliy texnika universiteti, Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti bilan xalqaro hamkorlik asosida 2025/2026 o‘quv yili uchun qo‘shma ta’lim dasturlariga hujjatlar qabul qilishni boshladi. Endilikda siz ham Qarshi davlat universitetida ham Rossiya, Belarus davlatlari oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olib, biryo‘la ikkita  davlat universitetlarining qo‘shma diplomiga ega bo‘lasiz! Oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan yoshlar uchun ajoyib imkoniyat! 2024/2025 o‘quv yilida quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda magistratura mutaxasissliklari bo‘yicha  qo‘shma ta’lim dasturlari asosida qabul e’lon qilinadi!
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari:
1. N.A. Dobrolyubov nomidagi Nijegorod  davlat lingvistika universiteti (Rossiya):
60230100-Filologiya va   tillarni o‘qitish (rus tili) hamda 45.03.01 – Filologiya. «Russkaya  i zarubejnaya  filologiya» bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga
Qarshi davlat universitetida 3 yil, N.A.Dobrolyubov nomidagi Nijegorod  davlat lingvistika universitetida 1 yil tahsil olinadi.
2. Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti (Rossiya):
Davolash ishi (bakalavriat) hamda  31.05.01 – Davolash ishi (spetsialitet bosqichi)  ta’lim yo‘nalishlariga 
Pediatriya (bakalavriat) hamda   31.05.02- Pediatriya (spetsialitet bosqichi)  ta’lim yo‘nalishlariga  
Qarshi davlat universitetida 4 yil, Privoljsk tadqiqot tibbiyot universitetida 2 yil tahsil olinadi.
3. Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti: (Belarus):
60540200 - Amaliy matematika hamda 1-31 03 03-01 Amaliy matematika (ilmiy-ishlab chiqarish faoliyati) bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga  Qarshi davlat universitetida 2 yil, Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universitetida 2 yil tahsil olinadi.
60110500 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi hamda 1-03 01 03 – Izobrazitelnoye iskusstvo i kompyuternaya grafika
Qarshi davlat universitetida  sirtqi 3 yil, Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universitetida 2 yil sirtqi tahsil olinadi.
4. Minsk davlat lingvistika universiteti (Belarus):
60230100-Filologiya va tillarni o‘qitish:  ingliz tili hamda  6-05-0231-01
Современные иностранные языки (английский язык и русский язык) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga
Qarshi davlat universitetida 2  yil, Minsk davlat lingvistika universitetida 2 yil (3 kursda hamkor MinskDLUda + 4 kursda masofada) tahsil olinadi.
5. Belarus milliy texnika universiteti (Belarus):
Iqtisodiyot hamda 6-05-0311-02
Экономика и управление bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga
Qarshi davlat universitetida 2 yil, Belarus milliy texnika universitetida 2  yil tahsil olinadi.
Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari:
1. N.A. Dobrolyubov nomidagi Nijegorod  davlat lingvistika universiteti (Rossiya):
70230101 - Lingvistika (rus tili) hamda 45.04.01 Filologiya .
«Русский язык как иностранный»
70230101 - Lingvistika (ingliz tili) hamda 45.04.02 Lingvistika. 
 
Современная лингвистика и межкультурная коммуникация
Qarshi davlat universitetida 1 yil, N.A.Dobrolyubov nomidagi Nijegorod  davlat lingvistika universitetida 1 yil tahsil olinadi.
2. Minsk davlat lingvistika universiteti (Belarus):
70230101 Lingvistika (ingliz tili) hamda 7-06 0231-03  
Теоретическая и прикладная лингвистика
Qarshi davlat universitetida 1 yil, Minsk davlat lingvistika universitetida 1 yil tahsil olinadi.

3. Belarus milliy texnika universiteti (Belarus):
70540201 - Amaliy matematika hamda 7-06-0533-05 -
Прикладная математика и информатика 
0410102 – Iqtisodiyot hamda 7-06-0311-01 Ekonomika 
Qarshi davlat universitetida 1 yil, Belarus milliy texnika universitetida 1  yil tahsil olinadi.
Batafsil ta’lim yo‘nalishlari va shartnoma miqdorlari haqida ma’lumotlar quyida:
BAKALAVRIAT


MAGISTRATURA
O‘qishga kirish uchun quyidagi hujjatlar 1 avgustdan 25 avgustgacha  
https://qarshidu.uz/uz/qabul orqali elektron qabul qilinadi:
1. O‘qishga kirish formasi to‘ldiriladi (elektron rus va o‘zbek tillarida);
2. Pasport (notarial tasdiqlangan rus tili tarjimasi);
3. O‘rta yoki o‘rta maxsus ta’limni tugatganligi haqida tasdiqlovchi hujjatning attestat yoki diplom ilovasi bilan (magistratura uchun bakalavr diplomi ilovasi bilan) notarial tasdiqlangan rus tilidagi tarjimasi;
4. Elektron rasm (orqa foni oq rangda)
Darvoqe, abituriyentlar rus tilini bilishlari muhim hisoblanadi! 
Shoshiling! Ta’lim olish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang! 
Porloq kelajak-bilimli yoshlar qo‘lida!
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi telegramm bot kanaliga
https://t.me/qabul_qardu