
Talabalar yashash sharoitlari o‘rganildi
22-Sentabr 2025, 11:01
Universitet yangiliklari
Joriy yilning 17-sentyabr kuni Xorijiy tillar fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N.Suyarova hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutori Z.Yuldasheva tomonidan Qarshi shahridagi Kunchiqar va Nuriston mahalla fuqarolar yig‘inlarida ijara xonadonlarda yashayotgan fakultet talabalarining yashash sharoitlari o‘rganildi. Suhbat davomida talabalarning muammolari tinglanib, ularga turmush sharoitlarini yaxshilash, samarali o‘qish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga oid tavsiyalar berildi.