Qarshi davlat universiteti talabasining ekologik tashabbusi

23-Sentabr 2025, 04:30
Universitet yangiliklari

2025-yil 10–14-sentyabr kunlari Buxoro viloyati To‘dako‘l hududida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Yashil Kelajak” oromgohi tashkil etildi. Mazkur oromgohda Qarshi davlat universiteti Kimyo-biologiya fakulteti Biologiya ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Bozorova Husnora O'tkir qizi o‘zining “Eco-himoya” nomli startap loyihasi bilan faol ishtirok etdi. Husnoraning loyihasi – atrof-muhitni asrash, ekologik muvozanatni ta’minlash va kelajak uchun barqaror yechimlarni yaratishga qaratilgan muhim tashabbus sifatida e’tirof etildi. “Yashil Kelajak” oromgohi Husnora uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi. U yerda tajribali mutaxassislar bilan maslahatlashib, loyihasini yanada takomillashtirish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. Oromgohdagi har bir kun unutilmas voqealar va yangi tajribalar bilan boy bo‘ldi. Husnoraga kelajakdagi faoliyatida ulkan yutuqlar tilaymiz. Uning “Yashil Kelajak” oromgohidagi faolligi, tashabbuskor ishtiroki yoshlar uchun munosib o‘rnak bo‘lishiga ishonamiz.