Xalqaro konferensiyada ishtirok

22-Sentabr 2025, 10:59
Universitet yangiliklari

2025-yil 17–21-sentyabr kunlari Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida bo‘lib o‘tayotgan “XIII Turk tillariga avtomatik ishlov berish – TurkLang-2025” xalqaro konferensiyasida Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nilufar Ergashevna Yuldosheva ishtirok etmoqda. Universitet professorining “O‘zbek terminologiyasi va lingvistik dasturlash integratsiyasi – ilmiy diskursdagi atamalarni til korpuslari uchun semantik belgilash tamoyillari” mavzusidagi ma’ruzasi xorijiy olimlar tomonidan katta qiziqish va e’tibor bilan tinglandi hamda ilmiy muloqot va tajriba almashuv jarayonlariga munosib hissa qo‘shdi.