“Besh tashabbus olimpiadasi” ommaviy sport tadbirlariga start berildi

23-Sentabr 2025, 04:32
Universitet yangiliklari

Bugun mamlakatimiz bo‘ylab oliy va professional ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalariga ramziy start berildi. Tadbir videoselektor tarzida o‘tkazilib, barcha oliy ta’lim muassasalari bir vaqtning o‘zida ishtirok etdi. Qarshi davlat universiteti Sport sog‘lomlashtirish majmuasida ham tadbir tashkil etilib, unda viloyatdagi oliy o‘quv yurtlari rahbarlari, sport boshqarmasi vakillari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar qatnashdi. Tadbirda respublika miqyosidagi mas’ullar so‘zga chiqib, Prezidentimiz ilgari surgan “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” g‘oyasi yurtimizda keng umummilliy harakatga aylangani ta’kidlashdi. Sport sinovlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan talabalar “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ko‘krak nishonlari va sport formalar bilan taqdirlandi. Quvonarlisi, mukofotlanganlar orasida Qarshi davlat universitetining 12 nafar talabasi ham bor. G‘olib va sovrindor talabalarimizni muvaffaqiyatlari bilan tabriklaymiz, sportda hamisha yangi g‘alabalar yor bo‘lsin!