“Lochin” jamoasi — pley-off bosqichida! 

14-Oktabr 2025, 10:26
Universitet yangiliklari

1-liga 17-tur doirasida kechgan uchrashuvda “Lochin” jamoasi safarda “Buxoro FA” ustidan yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv qahramoniga aylangan Zafar Polvonov raqib darvozasiga to‘rtta gol urib, jamoasining ishonchli g‘alabasini ta’minladi. Ushbu natija orqali “Lochin” jamoasi turnir jadvalida yetakchi o‘rinlardan birini egallab, pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi. Jamoamizni mazkur g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz! Oldinda yanada yirik g‘alabalar bo‘lishiga ishonamiz!