Qiz bola – u baxtli bo‘lishi kerak

14-Oktabr 2025, 10:22
Universitet yangiliklari

Filologiya fakultetida “11-oktyabr – Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan “Sening tashabbusing – sening kelajaging” shiori ostida “Qiz bola. U baxtli bo‘lishi kerak” mavzusida forum tashkil etildi. Tadbirni filologiya fanlari nomzodi, dotsent, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Sh.Karamova kirish so‘zi bilan ochib, jamiyatda ayollar va qizlarning o‘rni, ularning ta’lim hamda ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish borasida olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi. Forum doirasida fakultet talaba-qizlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Unda “Yosh filologlar”, “Nurul-ilm”, “Iqro”, “Ilm izdoshlari” va “Bilimdonlar” jamoalari o‘zaro bilim va ziyraklikda bellashdilar. Natijada “Bilimdonlar”, “Yosh filologlar” va “Iqro” jamoalari mos ravishda 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallab, tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, fakultetning iqtidorli talaba-qizlari tomonidan sahna chiqishlari, she’riy kompozitsiyalar va raqslar namoyish etilib, forumga bayramona ruh bag‘ishlandi.