“Kitobxon Kvest” – adrenalin va zakovatga boy musobaqa!

14-Oktabr 2025, 10:19
Universitet yangiliklari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qarshi davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti "Besh tashabbus loyihalari" koordinatori tomonidan talabalar o‘rtasida “Kitobxon Kvest” intellektual musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa davomida 10 ta jamoa badiiy asarlar ichida yashiringan kalit so‘zlarni topish orqali belgilangan manzillarga borishdi hamda har bir manzilda navbatdagi jumboqli topshiriqlarni yechish orqali o‘z bilim va jamoaviy fikrlash salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Adrenalinga boy, shiddatli va qiziqarli tarzda kechgan musobaqa natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin — “The Best” jamoasi
2-o‘rin — "Mindora” jamoasi
3-o‘rin — "Viktoriya” jamoasi

Goliblar va faol qatnashuvchilar tashakkurnomalar bilan taqdilandi. Aziz yoshlar! Kitob — bilim, tafakkur va g‘alaba sari yo‘ldir!