Iqtidorli yoshlar uchun yangi platforma

11-Oktabr 2025, 06:26
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot fakultetida iqtidorli, tashabbuskor va faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Iqtidorli talabalar kengashi (Intellectual Students Council)”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet rektori Dilmurod Nabiyev ochib berib, kengash faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi hamda yoshlarning ilmiy va innovatsion salohiyatini yuzaga chiqarishda kengash muhim maydon bo‘lishini ta’kidladi. Tadbirda OʻzNNTMA, Yoshlar ishlari agentligi, Startup Garage, Automation Technology Solution, Enter marketing agentligi hamda Anqara Yeldirim Boyazid universiteti vakillari ishtirok etib, talabalarga o‘z tajribalari va imkoniyatlarini ulashdilar. Tadbir davomida Qarshi davlat universiteti va “Automation Technology Solution” MChJ o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Kengashdan kutilayotgan natija — talabalar startap va innovatsion loyihalarda faol ishtirok etib, grant va tanlovlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ilmiy-ijodiy faoliyat rag‘batlantirilib, amaliy hamkorlik yanada mustahkamlanadi. Tadbir yakunida talabalar va mehmonlar o‘rtasida samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi va ishtirokchilar kengash faoliyatidan katta umid bildirdilar.