QarDU talabasining xalqaro yutug‘i!

10-Oktabr 2025, 12:15
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Mahbuba Nusratova o‘zining navbatdagi yutug‘i bilan barchamizni quvontirdi. Iste’dodli yosh ijodkorning bolalar uchun yozgan “Qora rang arazladi” nomli ertagi asosida yaratilgan rang-bo‘yoqli kitobi xalqaro Amazon platformasi orqali jahon standartlariga to‘la mos, deb baholandi va dunyoning 20 dan ziyod davlatlarida sotuvga chiqarildi. Quvonarlisi, mazkur asarning ilk xaridorlari — Buyuk Britaniyalik bolajonlar bo‘ldi. Biz Mahbubani ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaymiz va unga kelgusida ham yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz!