
“Disko shou” — talabalar uchun unutilmas kecha!
10-Oktabr 2025, 12:14
Universitet yangiliklari
Universitet yotoqxonalarida yashovchi talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida turli ma’naviy-ma’rifiy va ko‘ngilochar tadbirlar muntazam tashkil etib kelinmoqda. Bu galgi tadbir esa o‘zgacha shukuhda o‘tdi. O‘tkazilgan “Disko shou” musiqiy dam olish dasturi yuzlab yoshlarni bir maydonga jamladi. Yoqimli musiqa va jonli ijrolar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat, quvonch va maroqli hordiq ulashdi.