“TalabaEXPO – 2025”: Bitiruvchi yoshlar uchun imkoniyatlar maydoni

10-Oktabr 2025, 12:12
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi talabalari uchun “TalabaEXPO – 2025” kasb ko‘rgazmasi bayramona ruhda o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda “Kelajakka qadam” markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbir bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni ish beruvchilar bilan bog‘lash hamda tadbirkorlikka qiziqqan talabalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratildi. Ko‘rgazmada ish o‘rinlari yarmarkasi, amaliyot va stajirovka takliflari, “O‘zmilliybank”ning kredit dasturlari taqdimoti, motivatsion treninglar hamda “Talaba – kelajak” muloqot maydonchalari tashkil etildi. Bir guruh talabalar “Sulton Tex Group” korxonasida ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar. Tadbirda 11 ming nafardan ortiq talaba ishtirok etib, 3,7 ming nafari ish beruvchilar bilan suhbatdan o‘tdi, 1,2 mingdan ziyodi esa o‘zining kelajakdagi ish joyini tanladi. 49 nafar yosh o‘z biznes g‘oyalarini taqdim etdi. Ko‘rgazma yakunida talabalar uchun bayramona konsert dasturi namoyish etildi. “TalabaEXPO – 2025” yoshlar uchun yangi imkoniyatlar, tajriba va ilhom manbaiga aylandi.