
Ham sayohat, ham ziyorat
10-Oktabr 2025, 12:10
Universitet yangiliklari
Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari Sh.Ernazarova va Sh.Chorshanbiyev Kimyo-biologiya fakulteti talabalari bilan Qarshi tumanining Qovchin qishlog‘ida joylashgan Abu Muin Nasafiy majmuasiga tashrif buyurishdi. Talabalar XI asrda qazilgan quduq, “Duxtarxona”, qadimiy masjid, muzey va kutubxonani tomosha qilib, Abu Muin Nasafiyning qo‘lyozma asarlari hamda Xitoy ipak qog‘oziga bitilgan noyob Qur’oni karim qo‘lyozmasi bilan tanishdilar. Mazkur tashrif yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularni sog‘lom g‘oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.