
Sog‘lom muhit — toza qo‘llardan boshlanadi
10-Oktabr 2025, 12:08
Universitet yangiliklari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 22-sentyabrdagi 370-sonli buyrug‘iga muvofiq, oliy ta’lim muassasalarida “Toza qoʻllar” dasturi ijrosini o‘rganish maqsadida maxsus ishchi guruh Qarshi davlat universitetida bo‘ldi. Tashrif davomida guruh a’zolari tomonidan universitetda sanitariya va gigiyena qoidalariga amal qilinishi, umumiy ovqatlanish maskanlarining holati, shuningdek, tozalik va tartibning saqlanishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi. Mutaxassislar tomonidan talabalarning sog‘lom hayot tarzini qo‘llab-quvvatlash, gigiyenik madaniyatni oshirish va xavfsiz muhitni ta’minlash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.