
Ijarada yashovchi talabalar sharoitlari o‘rganildi
10-Oktabr 2025, 12:06
Universitet yangiliklari
Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutori E.Mustafoyev Filologiya fakulteti 1-bosqich talabalari yashayotgan ijara xonadonlarini o‘rgandi. Tashrif davomida talabalar yashash joylari, ma’naviy muhit, xonadon egalari bilan munosabat hamda sanitariya va xavfsizlik qoidalariga rioya etish holati ko‘rib chiqildi. Ushbu monitoring talabalarning xavfsiz, sog‘lom muhitda yashashi va ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.