
“Rektor kubogi” musobaqalari start oldi
Qarshi davlat universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Rektor kubogi” musobaqalarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so'z olganlar sportning inson hayotidagi ahamiyati ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga omad tilashdi. Musobaqalar mini-futbol, voleybol, yengil atletika, stol tennisi va stritbol turlari bo‘yicha o‘tkazilmoqda. Ochilish marosimidan so‘ng o‘tkazilgan dastlabki bellashuvlarda mini-futbol yo‘nalishida Sport fakulteti jamoasi Kimyo-biologiya fakultetini 11:1 hisobida mag‘lub etdi. Iqtisodiyot fakulteti San’atshunoslik fakulteti ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozondi, Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti esa Xorijiy tillar fakultetini 8:0 hisobida yutdi. Voleybol musobaqalarida Geografiya va agronomiya fakulteti Tarix fakultetini 2:0 hisobida, Fizika fakulteti esa San’atshunoslik fakultetini 2:0 hisobida mag‘lub etib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi. Musobaqalar belgilangan jadval asosida davom etmoqda. G‘olib jamoalar 500 ming so‘mdan 3,5 million so‘mgacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.