
QarDU yoshlari – sog‘lom hayot yo‘lida
10-Oktabr 2025, 12:03
Universitet yangiliklari
So‘nggi yillarda yurtimizda talabalarni sog‘lom hayot tarziga odatlantirish, ularni muntazam sport mashg‘ulotlariga jalb etish maqsadida “Talaba — yugur” ixtiyoriy yugurish musobaqasi yaxshi an’ana sifatida yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yilning 6-oktyabr kuni Shahrisabz shahrida Qashqadaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talaba yugur” deb nomlangan sog‘lomlashtiruvchi marafon o‘tkazildi. Ushbu musobaqada Qarshi davlat universiteti talaba-yoshlari ham faol qatnashib, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishda o‘z hissalarini qo‘shdilar. Yugurish davomida ishtirokchilar jismoniy barqarorlik, o‘zaro hamjihatlik va ko‘tarinki kayfiyat namunalarini namoyish etdilar.