Innovatsion darslar bilan raqamli olamga sayohat!

14-Aprel 2025, 05:22
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti Matematika va informatika yo‘nalishi 2-kurs 023-43-guruh talabalari Qarshi shahar 34-maktabda malakaviy amaliyotni samarali olib bormoqda. Amaliyotga Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi N.Begmatova rahbarlik qilmoqda. Darslar davomida talabalar nazariy bilimlarini amaliyotda tatbiq etmoqdalar. “Keys”, “Kubik”, “Asessment”, “Zinama-zina”, “Krossvord” kabi zamonaviy va innovatsion o‘qitish usullari orqali darslar interfaol tarzda tashkil etilmoqda. Axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, vizual taqdimotlar va guruh bilan ishlash elementlari dars jarayonini yanada jonli va samarali qilmoqda. 12-aprel kuni “Informatika – bu raqamli olamga sayohat” mavzusida tashkil etilgan tadbir esa amaliyotning yorqin davomi bo‘ldi. Tadbir doirasida “Xaker” va “Kiber” jamoalari o‘rtasida intellektual bellashuv, mozaika yig‘ish, “Raqamli olam va real hayot” mavzusida bahs, shuningdek, badiiy chiqishlar namoyon etildi. Tadbirda kafedra o'qituvchilari F.Shodiyev, L.Safarov va I.Razzoqov ishtirok etib, jamoalar faoliyatini baholashdi. Faol ishtirokchilar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Amaliyotchi talabalarning tashabbusi va ijodiy yondashuvi maktab ma’muriyati tomonidan ham munosib qadrlandi. Ushbu amaliyot jarayoni talabalarda pedagogik mahoratni shakllantirish, ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha ko‘nikmalarni mustahkamlash va barkamol avlod tarbiyasida faol ishtirokchi bo‘lishga xizmat qilmoqda.