"Behbudiy izdoshlari" ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

14-Aprel 2025, 05:12
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida Mahmudxo‘ja Behbudiyning 150 yilligiga bag‘ishlangan “Behbudiy izdoshlari” nomli ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Tadbir Prezidentning 2024-yil 27-dekabrdagi PQ-462-sonli qarori asosida tashkil etilib, unda professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi. Anjumanda jadidchilik harakatining ahamiyati, ma’rifiy islohotlardagi o‘rni yoritildi. So‘zga chiqqanlar orasida Usmon Nusurov, Gulnoza Ernazarova, Ulug‘bek Ashirov va Asilbek Xo‘jayorovlar bo‘lishdi. Tadbir yakunida muzeyga ekskursiya uyushtirildi.