
“Jaholatga qarshi ma’rifat” – ma’naviy-ma’rifiy tadbir
14-Aprel 2025, 05:10
Universitet yangiliklari
Kimyo-biologiya, Geografiya va agronomiya hamda Fizika fakultetlarida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Tadbirlarda rektor maslahatchisi Alisher Jo‘rayev va universitet profilaktika inspektori M.Jabborov ishtirok etib, ta’lim, tarbiya va ma’rifat orqali jaholatga qarshi kurashish haqida fikr almashishdi. Talabalar faol ishtirok etib, savol va mulohazalari bilan tadbirga hayotbaxsh ruh bag‘ishlashdi. Bunday tadbirlar yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.