
Ayol borki, olam munavvar!
Yer yuzida so‘z va soz san’ati, shoiru hofiz, rassom va haykaltarosh paydo bo‘libdiki, ona va ayol zoti yuksak pardalarda tarannum etib kelinadi. Go‘zallik timsoli bo‘lgan ayollarimizni mehribon ona, munis singil, sadoqatli yor sifatida doimo ulug‘lab, ardoqlab yashaymiz. Xalqimiz qalbidan mustahkam joy olgan bu olijanob fazilatlar mustaqillik yillarida yangi mazmun-mohiyat bilan boyib, yanada yuksak bosqichga ko‘tarildi. Bugun, 6-mart kuni, viloyat musiqali drama teatrida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlari ishtirokida “Ayolga ehtirom-millatga ehtirom” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir avvalida universitet rektorining oliygoh xotin-qizlariga yo‘llagan tabriknomasi o‘qib eshittirildi. Dastur davomida teatr ijodkorkorlari tomonidan sahnaviy ko‘rinishlar namoyish qilinib, dilbar qo‘shiqlar ijro etildi. Bayramona tadbir barchaga birdek quvonch ulashdi.