
Belbog‘li kurashda tarixiy natija qayd etildi
Jizzax shahrida belbogʻli kurash sport turi bo‘yicha oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Universiada-2024” respublika musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Qarshi davlat universitetidan delegatsiya rahbari Abdusayit Umarov, murabbiy Odiljon Suyunov hamrohligida 7 ta vazn toifasida sportchi talabalar ishtirok etdi. Quvonarlisi, shiddatli kurashlar ostida kechgan musobaqada qatnashchi talabalarimizdan Elmurod Toshmamatov +90 kg, Shahboz Fayzullayev 55 kg vazn toifalarida bronza medallarga sazovor boʻlishdi. Ahamiyatlisi, ushbu yutuq belbogʻli kurash sport turi boʻyicha soʻnggi yillarda qoʻlga kiritilgan yirik natija sifatida universitet solnomasiga muhrlanadigan boʻldi. Gʻolib talabalarimiz hamda ularning murabbiylarini chin dildan tabriklaymiz!