OTP Group Tashkent Grand Slam turnirida 4 nafar dzyudochilarimiz medallarni qoʻlga kiritishdi

7-Mart 2025, 10:45
Universitet yangiliklari

Poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasi dzyudo bo‘yicha OTP Group Tashkent Grand Slam 2025 turniriga mezbonlik qildi. 

Maʼlumot uchun: bu yildan e’tiboran ushbu musobaqa OTP Group Tashkent Grand Slam deb ataladi.
Mazkur musobaqada terma jamoamiz safida bahslarga kirishgan qashqadaryolik dzyudochilarimiz medallar va jahon reytingi uchun beriladigan qimmatli ochkolar uchun tatamiga chiqdi. Jumladan

II - o'rin Arslonbek Tojiyev -81 kg
III- o'rin Kamoliddin Baxtiyorov -60 kg

III- o'rin Muhriddin Tilovov -66 kg
III- o'rin Nurbek Murtozoyev -90 kg

Ma’lumot o‘rnida, Kamoliddin Baxtiyorov Qarshi davlat universiteti Sport fakulteti 4-bosqichda tahsil oladi. Shuningdek, Arslonbek Tojiyev va Nurbek Murtozoyev ham universitet sobiq bitiruvchilari hisoblanadi.